Yo‘l transport hodisalari raqamlarda: Toyloqda 5 oyda 11 ta YTH sodir etilgan

     Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatar ekansiz respublikamiz hududi bo‘ylab turli darajadagi yo‘l-transport hodisalarining sodir bo‘lganligini ko‘rishingiz mumkin.
    Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari natijasida vafot etganlar ham, tan jarohati olganlar ham bor. 
   Ma’lumotlarga ko‘ra, birgina Toyloq tumanida 2023 yilning bugungi kuniga qadar 11 ta yo‘l transport hodisasi sodir etilgan. Oqibatida 2 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 10 nafari esa og‘ir tan jarohati olgan. 

   Bu haqda bugun Toyloq tuman hokimligida tuman IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi YPX inspektori Fazliddin Otabekov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi. 

    -Har bitta raqam ortida insonlar taqdiri yotibdi. Bitta insonning halok bo‘lishi – uning oila a’zolari, yaqinlari uchun og‘ir judolik hisoblanadi –deydi F. Otabekov. -Eng ko‘p uchraydigan qoidabuzarlik tezlikni oshirish va mast holatda avtomobil boshqarish holatlari hisoblanadi. 
Tuman hududida YTHlarning oldini olish maqsadida tashkilotlar, maktablar va mahallalarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, yul - transport hodisalari sodir etilishini oldini olish va boshqa mavzularda 62 marotaba profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.
«Yoshlar Ovozi» va "Qo‘shchinor" ro‘znomalarida, yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida 3 marotoba maqolalar chop etildi.

    Yo‘l transport hodisalarining chuqur tahlili asosida tuman hududidagi avtomobil yo‘llarida aniqlangan «avariya o‘choqlari»da Samarqand viloyat IIB YHXB YPXB YPX 1 - otryadi xodimlari bilan hamkorlikda avtohalokatlarning kelib chikishiga sabab bo‘ladigan qo‘pol qondabuzarliklarning oldini olishga qaratilgan reydlar o‘tkazildi.  Aniklangan oidabuzarlarga nisbatan tegishli qonuniy choralar ko‘rilmoqda. Shuningdek, «avariya o‘choqlari» va ularga yondosh hududlardagi avtomobil yo‘llarining holati va jihozlanishini yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlanish darajasiga ta’siri, me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelishi ham o‘rganib borilmoqda.

    Tuman hududida mulkchilikning turli shaklidagi yurtidik shaxs mavjud avtotransportlar soni 3552 tani, jismoniy shaxslarga qarashli avtotransportlar soni 25022 tani va mototransportlar soni 57 tani tashkil etadi.

  Jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari 14302 tasi texnik ko’rikka taqdim etilishi kerak bo’lib, texnik ko'rinishdan 220 tasi qo'llaniladi, 3 tasi nosoz holatdaligi aniqlandi.
   Yo‘l va obodonlashtirish idoralari bilan hamkorlikda tuman hududidagi avtomobil yo‘llari holati va jihozlanish darajasini, ulardagi sun’iy inshootlar va harakatni tartibga soluvchi texnikaviy vositalarni amaldagi me’yoriy talablar darajasiga keltirish maqsadida birmuncha ishlar amalga oshirildi. Yul nazorati sohasi bo‘yicha 2023 yil 22 may kuniga qadar 46 ta eskirgan yo‘l belgilari almashtirildi va 18 ta yetishmaydigan yo‘l belgilari o‘rnatildi.
   Bir so‘z bilan aytganda, har bir haydovchi transport vositasini boshqarayotganda nafaqat o‘zi, balki yo‘lovchilar va piyodalarning hayotiga mas’uliyat bilan qarashlari lozim. Piyodalar esa yo‘l harakati ishtirokchisi ekanligini unutmasligi va o‘rnatilgan qoidalarga rioya etishlari kerak.

Toyloq tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди