TOYLOQLIK O‘QUVCHI AQSHNING 2 TA UNIVЕRSITЕTIDAN 188 000 DOLLAR GRANT YUTDI

  Toyloq tumanidagi  1- umumta’lim maktabining 11- sinf o‘quvchisi Olimjon Botirov muddatidan oldin  2 ta xalqaro universitetga talabalar safiga qabul qilindi va umumiy hisobda 188.000 $ ta’lim grantini qo‘lga kiritdi. AQSHning Elmhust universiteti  Olimjonga  100 000 $ -  yuz foizlik grant taqdim etgan bo‘lsa, Arizona universiteti  - 88.000 $,  miqdoridagi grant yutganligini ma’lum qildi. Olimjon yoshligidan IT sohasiga  qiziqadi. U kelajakda chet elda  sohani puxta egallab, O‘zbekistonda IT va kompyuter texnologiyalari sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqchi. Olimjon yutuqlarga qadamni 10-sinfidayoq qo‘ygan. U ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha IELTS imtihonidan 7,5 ball olib, bugungi kunda o‘z bilimlarini mahalladoshlariga o‘rgatmoqda. Ayni kunda Olimjondan ingliz tilini o‘rganayotgan shogirdlari  soni 200 nafarga yetgan.                 
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди