Aholi muammolari tinglandi

   Bugun 2-sektor hududidagi “Muborak” mahallasida Toyloq tuman prokurori vazifasini bajaruvchi J.Rashidov boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi. Aholi muammolarini tinglab, ularga qonuniy yechim topish maqsadida tashkil etilgan qabulda mahallaning hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi. 
  Qabul davomida aholi tomonidan ish bilan ta’minlash, elektr ta’minotini yaxshilash, tibbiy va moddiy yordam tayinlash, kredit mablag‘i ajratish, uy-joy bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning barchasi tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, mas’ullarga qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди