Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda

     Deputatlar diqqatiga!

    “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan joriy yilning 17 avgust kuni soat 15:00 da Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdagi oltmish ikkinchi sessiyasi chaqirilmoqda.

    Tadbir tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

    Sessiya kun tаrtibi:

1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6257-sonli Farmonining ijrosi boʻyicha mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan 2022-yil birinchi yarim yillikda ajratilgan mablagʻlardan foydalanish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari J.Xujamurodovning hisoboti to‘g‘risida.

2. Tumanda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash hamda xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida.

3. Tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi N.Kambaridinovaning tumanda xotin-qizlar muammolarini hal etilishi yuzasidan ko‘riliyotgan choralar bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida.

4. Tuman hokimligi Ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi K.Xamroyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6275-sonli Farmonining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish masalalari shu’basi mudiri B.Ruziyevning 2022-yil II chorak davomida komissiya faoliyati yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

6. Tumandagi tijorat banklarining oilaviy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan hisobotlari to‘g‘risida.

7. Tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Sh.Jabborovning tumanda tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida.

8. Tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i R.Haydarovning 2022-yil 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti.

9. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, bo‘sh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish bo‘yicha tayyorlangan loyihalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida.
10.Tumanda sektorlar kesimida “Temir daftar”ga kiritilgan, hozirda doimiy daromad manbayi bilan taʼminlangan fuqarolarni kambagʻal oilalar roʻyxatidan chiqarish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga “Sahovat va koʻmak” jamgʻarmasidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди