Osiyo kubogi ishtirokchilari kutib olindi

   13-15 may kunlari  Qozog'istonning Almati shahridagi Baluan Sholak nomli sport saroyi mezbonlik qilgan Dzyu-do kurashi bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo kubogi bo'lib o'tdi. Ushbu nufuzli musoboqada 
     AQSH, Qirg'iziston, Turkmaniston, . Tojikiston, O‘zbekiston hamda Qozog'iston Respublikalaridan 400 ga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. 
   O'zbekiston terma jamoasi tarkibida Toyloq olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining 2 nafar sportchilari ishtirok etishib shohsupadan joy oldi. 
     50 kg vaznda Umirov Javohir hamda 90 kg vaznda Samanov Alisher faxirli 3-o'rinlarni qo'lga kiritishdi. Sportchilarga kollejning Dzyu-do bosh murabbiyi Mamanov Husniddin  trenner sifatida boshchilik qilib bordi.
     Bugun sportchilar kollej ma'muriyati tomonidan kutib olindi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди