Toyloqlik yoshlar va barcha kitobxonlar diqqatiga!

Toyloqda 8-12 noyabr kunlari “INFOLIB UZBEKISTAN-2021” X Milliy axborot-kutubxona haftaligi o’tkaziladi.

 Aziz kitobxonlar! 

Haftalik doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar bilan tanishing va unda faol ishtirok eting.

Haftalik dasturi:

8-noyabr 
1.  Dasturning ochilish marosimi
2.  Shoir Abdulla Nisoriyning "O'zbekning boshida qalpoq" nomli kitobning taqdimoti
3.  Axborot-kutubxona markaziga keltirilgan yangi adabiyotlardan bibliografik sharh.

9-noyabr
1.  AKMning faol kitobxonlari bilan davra suhbati “Kitob mening hayoyotimda” mavzusi ostida
2.  Kutubxonada yangi keltirilgan yangi adabiyotlardan kitob ko’rgazmasi tashkil etish.

10-noyabr
1.  “She’riyatga oshno qalb” she’rxonlik kechasi (Toyloqlik yosh shoira Hamroyeva Munisa ishtirokida)
2.  “Yangi O`zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostidagi video rolik namoyishi.

11-noyabr
1.  Rus adibi M. Dostoevskiy tavalludining 200 yilligiga bag’ishlangan tadbir (34-maktab)
2.  “Infolib O’zbekiston-2021” bo’yicha video rolik.

12-noyabr 
1.  Ertaklarning sehrli olami” kichik yoshdagi kitobxonlar uchon ma'naviy-ma'rifiy tadbir (D.Arabova YATT)
2.  Haftalikning yopilish marosimi. 

Tadbirlar Toyloq tuman Axborot-kutubxona markazida o‘tkaziladi.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди