Navbatdan tashqari sessiya chaqirilmoqda

    “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan joriy yilning 21 sentyabr kuni soat 15:00 da Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdan tashqari oʻttiz sakkizinchi sessiyasi chaqirilmoqda.
 Tadbir tuman hokimligi majlislar zalida boʻlib oʻtadi.

   Sessiya ishida kun tartibidagi quyidagi masalalar muhokama etilishi rejalashtirilmoqda:   
  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017-2021- yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-6155-sonli Farmonini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 192-193-bandi ijrosi yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi U.Suvanovning hisoboti to‘g‘risida. 
   2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2021-yil 24-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisining 16-sonli bayonnomasining 7-bandi ijrosini taʼminlash yuzasidan tuman sektor rahbarlarining yagona onlayn tizimiga maʼlumotlarning kiritilishi yuzasidan qilinayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti.
   3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi 250-son qaroriga asosan “Ayollar daftari” jamgʻarmasidan mablagʻ ajratish to‘gʻrisida. 
    4. Boshqa masalalar.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди