12-11-2025 11:44

“Yashil makon” umummilliy harakati doirasida keng ko‘lamli hashar tashkil etildi.


#Yashil_makon #Jarayon “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida keng ko‘lamli hashar tashkil etildi. Toyloq tumani hokimligi tashabbusi bilan tuman faollari, korxona va tashkilotlar vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirokida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida keng ko‘lamli hashar tashkil etildi. Erta tongdan boshlab Talliota mahallasida joylashgan “Nurmuhammadali” fermer xo‘jaligi hududida o‘tkazilgan hasharda nuroniylar, tuman faollari hamda qirqdan ortiq korxona va tashkilotlardan besh yuzga yaqin xodim faol ishtirok etdi. Hashar davomida 4 gektar yer maydonida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, jami 12 ming tup yangi intensiv “Toyfi” uzum navi ko‘chatlari ekildi. Mazkur tadbir nafaqat atrof-muhitni yanada yashil va so‘lim qilish, balki aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, mehnatsevarlik va hamjihatlik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi. Toyloq tumanida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasidagi bunday ezgu ishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Teglar
- -