Yangi xizmat ko'rsatish obyekti foydalanishga topshirildi
Yangi xizmat ko'rsatish obyekti foydalanishga topshirildi Bugun tumanning Qo'rg'oncha mahallasi hududida tadbirkor Rasulov Ashraf va Rasulov Qahramonlar tomonidan yangi xizmat ko'rsatish obyekti qurilib, foydalanishga topshirildi. Tadbirda tuman hokimi B. Raxmatullayev, tuman Nuroniy jamg'armasi raisi M. To'rayev, tuman IIB boshlig'i E. Raxmatov va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida 14 nafar bolajonlarning xatna to'ylari tashkil etilib, mitti qalb egalariga quvonch ulashildi.



