Yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi
Yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi Bugun Toyloq tumanining Talliota mahalla fuqarolar yig‘inining yangi ma'muriy binosi foydalanishga topshirildi. Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari N.Qambariddinova, tuman Nuroniylar jamg‘aramasi raisi M.To‘rayev, "Qo‘shchinor" gazetasi muharriri M.Yuldashova, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Sh.Qaroyev, faollar, nuroniylar keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Ushbu bino tuman mahalliy byudjetining ortirilgan qismi va homiylar tashabbusi bilan 700 mln mablag‘ evaziga qurib bitkazildi. Binoda yettilik uchun barcha sharoitlar yaratilganligi, kompyuter jamlanmalari mavjudligi, xonalarning ixcham va yorug‘ ekanligi barchani quvontirdi. Tadbirda so‘zga chiqganlar binoning zamonaviy ekanligi hamda barcha sharoitlar yaratilganligi munosobati bilan fikrlar almashdi.



