Xo'jayuzda yangi madaniyat markazi foydalanishga topshirildi
Xo'jayuzda yangi madaniyat markazi foydalanishga topshirildi Toyloq tumani madaniyat bo'limi tasarrufidagi 74-son "Sherdor" madaniyat markazi binosi Davlat xususiy sherikchilik asosida yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Madaniyat markazning ochilishida Toyloq tumani hokimi B. Raxmatullayev, tuman Nuroniy jamg'armasi raisi M. To'rayev, tuman IIB boshlig'i E. Raxmatov va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Markazga tashrif buyurgan mehmonlar madaniyat markazida tashkil etilgan to'garaklar faoliyati, o'quvchi yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shundan so'ng, tuman Madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.



