Xazonni yoqmang!
HURMATLI TOYLOQLIKLAR! Ayni kunlarda atrof-muhitni muhofaza qilish, havoning tutun va chang-to‘zon bilan ifloslanishining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari faol olib borilmoqda. Barg va xazonlarni yoqish holatlari nafaqat havoni ifloslantiradi, balki fuqarolar salomatligiga ham jiddiy zarar yetkazadi. Hurmatli mahalla raislari, jamoatchilik vakillari, nuroniylar hamda mahalla yettiligi a’zolari! Aholi o‘rtasida barg va xazonlarni yoqish qonunchilikda taqiqlanganini, bunda belgilangan tartibda katta miqdorda jarima qo‘llanishi mumkinligi haqida tushuntirish ishlarini olib borishda Sizlardan targ‘ibot tadbirlarida faollik ko‘rsatib, atrof-muhitni asrash bo‘yicha umumiy mas’uliyatni yuksaltirishga chorlaymiz. Keling, birgalikda toza va sog‘lom muhitni yaratishga hissa qo‘shaylik!



