Ustozlarga hurmat ehtirom ko‘rsatildi
Ustozlarga hurmat ehtirom ko‘rsatildi
Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat -ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi. Inson, avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko‘nglida hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi.
Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev bayram munosabati bilan ta’lim sohasida uzoq yillar fidoyi xizmat qilgan, bir nechta shogirdlarga ustozlik qilayotgan SamISI professori faxriy ustoz Mamayunus Pardayev, tuman Nuroniylar Kengashi raisi Muso To’rayevlar holidan xabar olib, bayram bilan tabrikladi. Faxriylar ham o‘zlariga qaratilayotgan e’tibordan ko‘ngillari shod bo‘lib o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.