insurez
15-10-2025 16:43

Unutilmas bayram sayli


Unutilmas bayram sayli

Toyloqda o‘tkazilgan meva-sabzavot festivali nafaqat tuman aholisi, balki mehmonlar uchun ham unutilmas bayram bo‘ldi. Tadbir davomida dehqonlar va bog‘bonlarning mehnati yuksak e’tirof etilib, eng sara mahsulotlar namoyish etildi.
Festival jarayonida tomoshabinlarga mo‘l-ko‘l hosil ko‘rgazmalari, milliy kuy-qo‘shiqlar, o‘yinlar va musobaqalar taqdim etildi. Bunday tadbirlar xalqimizni mehnatsevarlikka, Vatanga sadoqat va yurt farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilishga ruhlantiradi.
Umuman olganda, festival tumanning ijtimoiy-madaniy hayotida muhim voqea bo‘lib, Toyloq dehqonlarining mehnat samarasi, elning totuvligi va farovon hayotining yaqqol ifodasiga aylandi.

Teglar
- -