Uch avlod uchrashuvi yoshlarga hayot saboqlarini berdi
Bugun Toyloq tumani IIBda "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo‘lib o‘tdi. "Keksalar haftaligi" doirasida o‘tkazilgan mazeun ma’naviy-ma’rifiy tadbirda tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamda shu sohada faoliyat yuritgan mehnat faxriylari ishtirok etishdi.
Tarix, bugun va kelajak mujassamlashgan mazkur tadbirda mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati haqida so‘z yuritildi.
Yoshi ulug‘ otaxonlar hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.
Tadbirning asosiy qismidan so‘ng nuroniylar dasturxon atrofida suhbatlarini davom ettirishdi.