Tuman yo‘llardan foydalanish korxonasining kuz-qish mavsumiga shayligi o‘rganildi
Toyloq tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi hamda Toyloq tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Toyloq tuman IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi hamkorlikda ko‘rik o‘tkazildi.
Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishni ta’minlash maqsadiga qaratilgan mazkur tadbir davomida qishning qahraton kunlarida salbiy holatlar yuzaga kelishining oldini olish, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishda mas’ul tashkilotlarning tayyorgarlik holati o‘rganildi.
Xususan, o‘rganish davomida tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi tomonidan 450m3 qum zaxirasi, 50 m3 chaqilgan tosh zaxirasi, 110 tonna texnik tuz zaxirasi, 3 tonna yonilg‘i moylash materiallari mavjudligi aniqlandi.
Qolaversa, 1 ta avtogreydr, 1 ta maxsus qor kurash uchun ISUZI avtomashinasi, sirpanchiq yo‘llarga qum-tuz sepish uchun 4 ta avtosamosaval mashinasi, qum ortish uchun 1 ta ekskvator pogruzchik texnika vositalari tayyorlab qo‘yilgan.