insurez
23-10-2025 21:14

Tuman markazida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi


Tuman markazida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Tozalik va ozodalik oyligi doirasida tuman hokimi Behzod Raxmatullayev boshchiligidagi ishchi guruh tuman markazida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida ko‘cha va xonadonlarning tashqi ko‘rinishi, chiqindilarni to‘plash va olib chiqish tizimi, yashil hududlarni saqlash va yangilash ishlari o‘rganildi. Hokim joylarda tozalikni taʼminlash, hududni ozoda saqlash hamda aholining bu boradagi masʼuliyatini oshirish zarurligini taʼkidladi.
— Har bir fuqaro o‘z yashash joyini toza, tartibli saqlashga masʼul. Obodonlik — bu hammamizning burchimiz, — dedi Behzod Raxmatullayev.
     Shuningdek, tadbir chog‘ida tashqi reklamalarni joylashtirish tartibi, noqonuniy ko‘cha savdosi va ruxsatsiz qurilishlar masalalari ham ko‘rib chiqildi. Tegishli xizmatlarga bu borada qonuniy tartibni mustahkamlash, qoidabuzarliklarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish topshirildi.

❗️Hurmatli fuqarolar,  tadbirkorlar hamda savdo bilan shug‘ullanuvchi subyekt vakillari! 
Mazkur obodonlashtirish tadbirlari tumanimizda muntazam davom etadi. Tumanimiz chiroyiga hissa qo‘shishni, aholimiz uchun  yanada qulay, toza va zamonaviy shahar muhitini yaratishni maqsad qilganmiz. 
Sizdan qonun doirasida faoliyat yuritishingizni,  tartib-qoidalarga amal qilishingizni hamda tuman masʼullari tomonidan olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida tashabbus ko‘rsatishingizni so‘rab qolamiz.
❗️Unutmang,  toza va ozoda joyda fayz bo‘ladi,  baraka bo‘ladi!

Teglar
- -