Tuman hokimi va prokurori maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilishi bilan tanishdi
Tuman hokimi va prokurori maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilishi bilan tanishdi
Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev hamda tuman prokurori A. Abdullayev yangidan qurilayotgan 4-, 8- va 12-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bo‘lib, olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdilar.
O‘rganish davomida obʼektlarda amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va muddatlarga rioya qilinishi masalalari muhokama qilindi. Masʼullarga qurilish jarayonlarini belgilangan tartibda va tez fursatda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi taʼkidlaganidek, mazkur taʼlim muassasalari foydalanishga topshirilgach, tumandagi bolalarni sifatli maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish imkoniyatlari yanada kengayadi.
Shuningdek, qurilish tashkilotlariga barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, moliyaviy va tashkiliy masalalarda qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish belgilab olindi.