Tuman hokimi va prokurori Gulobodliklar bilan ochiq muloqotda bo‘ldi
Tuman hokimi va prokurori Gulobodliklar bilan ochiq muloqotda bo‘ldi
Bugun tuman hokimi va tuman prokurori Gulobod mahallasida yashovchi fuqarolar bilan ochiq va samimiy tarzda uchrashib, qabul o‘tkazdi.
👥 Qabul davomida fuqarolar tomonidan moddiy yordam ajratish, uy-joy bilan ta’minlash, ichimlik suvi va suyultirilgan gaz balonlari ta’minotidagi uzilishlar, elektr tarmog‘idagi muammolar, yo‘l belgilari va infratuzilmasi, oilaviy va boshqa ijtimoiy masalalar bildirildi.
🛠 Murojaatlarning har biri alohida o‘rganilib, hal etish choralari ko‘rilmoqda. Mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
💬 Fuqarolar muammolariga befarq bo‘lmagan tuman rahbarlariga samimiy muloqot uchun aholi minnatdorlik bildirdi.
📢 Shu kabi qabullar tumanimizning boshqa hududlarida ham davom etadi.




