Tuman hokimi «Sam Pasta Plus» makaron ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldi
Tuman hokimi «Sam Pasta Plus» makaron ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldi
Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev «Sam Pasta Plus» makaron ishlab chiqarish korxonasining faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida ishlab chiqarish va qadoqlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Hokim korxona xodimlari bilan samimiy suhbatlashib, ularning muammo va takliflariga quloq tutdi. Uchrashuv chog‘ida ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot sifatini yanada yaxshilash hamda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.