insurez
04-09-2024 10:45

Tuman hokimi “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi


   Bugun tumanimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari yangrab,  yangi o‘quv yilining ilk  mashg‘uloti  "Mustaqillik darsi" bilan boshlandi. An'anaga ko‘ra, ushbu mashg‘ulotlarda rahbarlar ishtirok etishdi.


    Xususan, Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov 4-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilariga “Mastaqillik darsi”ni o‘tdi.  Dars jarayonida mustaqillik tarixiga nazar tashlandi, bu ulug‘ ne’matga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklar, ota-bobolarimizning jasorati yodga olindi. Bugungi tinch va farovon hayotni qadrlash, buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘lish, buning uchun chuqur bilim olib, Yangi O‘zbekiston ravnaqi uchun astoydil xizmat qilish, Vatanga munosib farzand bo‘lish lozimligini alohida qayd etildi.

 

Teglar
- -