10-12-2025 10:05

Tuman hokimi murojaat bilan kelgan fuqarolarni qabul qildi


Tuman hokimi murojaat bilan kelgan fuqarolarni qabul qildi Qabulda fuqarolarning turli masalalardagi taklif va murojaatlari eshitildi, uzoq vaqt hal bo‘lmay kelayotgan muammolar o'ganildi. Fuqarolar tomonidan bandlikni ta’minlash, ish o'rnini yaratish, ijtimoiy-tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari ko‘tarildi. Hokim uchrashuv davomida har bir fuqaroning murojaati e’tiborsiz qolmasligini, tegishli davlat idoralari tomonidan muammolarni hal etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishini ta’kidladi. Xususan, fuqarolarning davlat idoralaridan rozi bo‘lishi hamda muammolarining o‘z vaqtida bartaraf etilishi mahalliy hokimiyatning ustuvor vazifasi ekanligi ta`kidladi.

Teglar
- -