Tuman hokimi B. Raxmatullayev “Siyob Shavkat Orzu” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi
Tuman hokimi B. Raxmatullayev “Siyob Shavkat Orzu” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi
Tuman hokimi B. Raxmatullayev “Siyob Shavkat Orzu” fermer xo‘jaligiga qarashli tovuq go‘shti mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxona faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida hokim korxonadagi ishlab chiqarish jarayoni, tayyor mahsulotlarni qadoqlash va saqlash tizimi, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ishlab chiqarish quvvatlari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, korxona xodimlari bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning mehnat sharoitlari, ijtimoiy ta’minoti va ish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tuman hokimi korxonaning faoliyatini yuqori baholab, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasidagi ishlar muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.