insurez
16-10-2025 14:17

Tuman hokimi 3-maktab faoliyati bilan tanishdi


Tuman hokimi 3-maktab faoliyati bilan tanishdi

Tuman hokimi 3-umumta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Dastlab maktab hududini ko‘zdan kechirar ekan, obodonlashtirish ishlari yetarli darajada olib borilmayotganini tanqid qildi. Xususan, maktab stadionidagi sport jihozlarining yaroqsiz holati maktab ma’muriyatining mas'uliyatsizligi va befarqligidan dalolat berishi ta’kidlandi.
Shuningdek, o‘quvchilarga nafaqat odob-axloq, balki tozalik va gigiyena madaniyatini singdirish lozimligi alohida qayd etildi.
Behzod Raxmatullayev bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashib, ularning kelajakdagi reja va orzulari bilan qiziqdi. U shuningdek, pedagoglar uchun yaratilgan ish sharoitlari, maktab kutubxonasi, kitob fondi va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.
Uchrashuv yakunida tuman hokimi maktab mas’ullariga mavjud muammolarni bartaraf etish, infratuzilmani yaxshilash va ta’lim sifati hamda tarbiya ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Teglar
- -