Tuman faollari “Ilk rivojlanish markazi”da bo‘lishdi
Joriy yilning 13-dekabr sanasida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishi nogironligi bor bolalar tengdoshlari qatori bog‘cha va maktablarda o‘qishi naqadar muhim ekani, bu borada Toyloq tajribasini ommalashtirish muhimligini ta’kidlagan edi. Ushbu tajriba tumanda Jahon banki bilan tashkil etilgan “Ilk rivojlanish markazi” nazarda tutilgan edi.
Bugun Toyloq tuman “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi aʼzosi, Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman kengashi raisi Qahhor Nizomov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari mazkur ta’lim tashkilotida bo‘lib, bolajonlar bilan uchrashishdi. Ular bilan suhbatlashib, ta’lim-tarbiya olish jarayonlari bilan tanishishdi. Qolaversa bolajonlarga sovg‘a-salom ulashishdi.