insurez
15-08-2024 16:12

Toyloqlik nuroniylar “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi


    68 nafar samarqandlik keksa avlod vakillari Prezidentimiz tomonidan ta’sis etilgan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Quvonarlisi, ular orasida 4 nafar toyloqlik nuroniylar ham bor. 
 
1. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Toyloq tuman bo‘linmasi rahbari Ziyodullo Avazov I-darajali “Mehnat faxriysi”:
2.Galabotir mahallasida yashovchi mahalla faoli Xudoyberdi Azzamov II-darajali “Mehnat faxriysi” nishoni;
3.Ravot mahallasi faoli, Xalq ta’limi faxriysi O‘g‘iloy Yo‘ldosheva II-darajali “Mehnat faxriysi”;
4.Qo‘rg‘oncha mahallasi faoli, Xalq ta’limi faxriysi Ziyodullo Salimov III-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 

   Yillar davomida elga xizmat qilgan, endilikda boy mehnat tajribasi, hayotiy hikmatlari bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan insonlarning “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi nuroniylarga bo‘lgan yuksak ehtiromning munosib namunasidir.

Teglar
- -