Toyloqda “Vatanparvarlik oyligi” tadbirlariga start berildi
Bugun Toyloqda "Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostidagi Vatanparvarlik oyligi tadbirlariga start berildi.
Tumandagi 2-umumta’lim maktabida 37239-harbiy qism, Toyloq tumani mudofaa ishlari bo‘limi va tumani hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda harbiy xizmatchilarning jangovor chiqishlari, qurol-yaroq va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi, qolaversa, sport musobaqalari tashkil etildi.
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, shuningdek, mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar harbiy askarlar bilan suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.