Toyloqda Milliy kurash bo‘yicha «Prokuror kubogi»ga start berildi
Yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, mahallalardagi uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ayniqsa milliy g‘urur va iftixor bag‘ishlovchi o‘zbek milliy kurashining ommaviyligini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqaning mahalla bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda ishtirok etgan Toyloq tumani prokurori A. Abdullayev, tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi J. Xo‘jamurodov, tuman hokimining o‘rinbosari J. Haqberdiyevlar musobaqaning maqsadi haqida so‘z yuritib, sportchilarga omad tilashdi. Shundan so‘ng musobaqa start berildi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan mazkur musobaqa Xalqaro kurash assosiatsiyasining amaldagi qoidalari asosida 18-30 yoshli erkaklar 66,73,81, 90,+90 vazn toifasida,18-30 yoshli ayollar o‘rtasida 48, 57, 70, 87 vazn toifasida o‘tkaziladi.