Toyloqda Konstitutsiya kuni nishonlandi
Toyloqda Konstitutsiya kuni nishonlandi Bugun Toyloq tumani hokimligida tinch va farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi ko‘tarinki ruhda nishonlandi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlangan bayram tadbirini tuman hokimi B. Raxmatullayev ochib, yig‘ilganlarni bayram bilan qutladi va o‘tgan davr mobaynida xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkuri, aql-zakovatining ko‘zgusi bo‘lmish Konstitutsiyamizning hayotiy negizi naqadar mustahkam ekanligiga, u xalqaro talablarga har tomonlama mos kelishini ta’kidladi.



