insurez
20-12-2024 12:03

Toyloqda keksalarga qanday ko‘mak berilmoqda?


   Bu va boshqa savollarga bugun Toyloq tumani hokimligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida batafsil ma’lumot berildi. Unda O'zbekiston mahallalar uyushmasi Toyloq tumani bo‘limi boshlig‘i Akmal Mirzoyev ishtirok etdi va tumanda keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama e’zozlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. 
    -Keksalar hayoti yoshlar uchun ibrat maktabi, -deydi A. Mirzoyev. - Bugungi kunda tumanimizda ham keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ularning madaniy hordiq olishlari, salomatliklarini tiklashlari, sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.  Xususan,  joriy yilda  2567 nafar nuroniylar respublikamizning muqaddas qadamjolari va ziyoratgohlarga sayohat qilishdi. 


   437 nafar uyida yotib qolgan keksalar holidan xabar olindi, 55 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, jumladan 7 nafar yakka-yolg‘iz, yolg‘iz yashaydigan keksalar sihatgohlarda sog‘lomlashtirildi, 13219 nafar nuroniylar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 195 nafar keksalarning xonadonlarida hasharlar uyushtirildi, 57 nafar keksalarga nogironlar aravachasi, eshitish moslamasi, hassa (qo‘ltiq tayoq) va boshqa reabilitatsiya vositalari berildi, 436 nafar keksalarga oziq-ovqat mahsulotlari, 1317 nafar keksalarga dori-darmonlar bilan ta’minlandi.
       - 15712 nafar keksalar mahallalarda o‘tkazilgan shaxma-shashka musoboqalariga jalb etildi. 1648 nafari “Keksalik zavqi” sport musobaqalariga jalb etildi. Maktablardagi to‘garaklarda 955 nafar keksalarning ishtiroki ta’minlandi.
     "Bobom, buvim va men kitobxon" aksiyalari doirasida 525 nafar,  "Kasbim-faxrim" tadbirlarida 645 nafar nuroniylar  ishtirok etib, yoshlarga kasb sirlari bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etildi. 
    10 nafar 1-guruh nogironligi bo‘lgan keksalar, 9 nafar yolg‘iz keksalar xonadonlarida hasharlar uyushtirildi. 21 nafar mehnat fronti orti qatnashchilari, 24 nafar yolg‘iz keksalar va nogironlarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi. 100 yoshga kirgan 3 nafar nuroniylar, 21 nafar mehnat fronti ishtirokchilari, 37 nafar yakka yolg‘iz keksalar holidan xabar olindi.

Teglar
- -