insurez
16-08-2024 15:27

Toyloqda kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qanday qo‘llab-quvvatlanmoqda?


     Shu va boshqa savollarga Toloq tumani hokimi Bahodir Bobonazarov ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida batafsil ma'lumot oldik. Unda tuman hokimi ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillariga tumanda kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash borasida amlga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. 

 

   -Bugun mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholining turmush farovonligini yanada yaxshilash hamda ularning daromadini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirishdir, -deydi tuman hokimi Bahodir Bobonazarov. -Shu bois, bugungi kunda iqtisodiy va ijtimoiy omillarning aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirini yumshatish, aholini ijtimoiy himoya qilish va ko‘makka muhtoj oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, birgina Ayollar daftari orqali ko‘makka muhtoj xotin-qizlarga toifalar asosida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.  “Ayollar daftari”ning 5-bosqichida 6260 nafar xotin-qizlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 5472 nafariga ya’ni 87.4 foiziga amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan:
1-toifa bo‘yicha: 2 156 nafar ishsiz xotin-qizlarning barchasi ish bilan ta’minlandi.
2-toifadagi 35 nafar xotin-qizlarning barchasiga tadbirkorlik qilishlari uchun amaliy yordamlar ko‘rsatildi; 
3-toifadagi 1 260 nafar boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlarning 924 nafariga moddiy yordamlar berildi. 19 nafar xotin-qizlarning uy-joylari ta’mirlab berildi;
4-toifa bo‘yicha: 2 204  nafar ijtimoiy yordamga muhtoj  1 va 2 guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning 1752 nafariga moddiy va tibbiy yordam ko‘rsatildi, 7 nafar xotin-qizlarning uy-joylari ta’mirlab berildi.
5-toifa bo‘yicha: 2 nafar uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ijara kompensatsiyasi to‘lab berildi;
6-toifa bo‘yicha: 603 nafar qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlarning 603 nafariga moddiy yordam berildi, 14 nafar xotin-qizlarning barchasiga tomorqadan unimli foydalanishi uchun yordamlar ko‘rsatildi. 
   Qolaversa, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 10 nafar xotin-qizlarga “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan davolanishlari va murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishlari uchun mablag‘ ajratildi.
   Bundan tashqari, 14 nafar xotin-qizlarga va ularning farzadlarining oliy ta’limda tahsil olishlari uchun to‘lov-kontrakt summasining bir qismi to‘lab berilgan. 


    Yoshlar daftari bo‘yicha:
   2024-yilning o‘tgan davri davomida “Yoshlar daftari”ga jami 222 nafar yoshlar kiritilib, shundan, 109 nafar yoshlarga 456 mln. so‘mlik amaliy ko‘mak berildi.
Jumladan:
   70 nafariga 347 mln. so‘mlik oliy ta’lim muassasalari to‘lov kontrakt pullari to‘lab berildi, 24 nafar yoshlarga bandligini ta’minlash uchun 73 mln. so‘mga asbob-uskunalar olib berildi, 2 nafar yoshlarni davolanishi uchun 15 mln. so‘m mablag‘ ajratildi, 13 nafar yoshlarga zamonaviy kasblarga o‘qitish yuzasidan 21 mln so‘m mablag‘lar sarflandi. 
    Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish  va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 153-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi zaxirasiga tumandagi fermer xo‘jaliklaridan 400 gektar yer maydoni olinib, 1858 ta lotlarga ajratilib, Ye-ausion onlayin savdolariga chiqarildi hamda mahalla yettiligi tomonidan xulosa berilgan 1858 nafar yoshlarga ajratib berildi.
   Qolaversa, Toyloq tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ham ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlamlari bilan individual ishlar olib borilmoqda. Markazga bugungi kunga qadar 2716 nafar fuqaroning murojaatlari “IHMA Inson” moduli orqali ro‘yxatga olingan, shundan 100 nafari eshitish va gapirishda nuqsoni bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘lib, surdotarjimonlik xizmatidan foydalanilgan.
   2024-yil 17-avgust holatiga Yolg‘iz keksa reyestrida 37 nafar yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar ro‘yxatga olingan. Ularga 5 nafar ijtimoiy xodim assistentlari xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Joriy yilning fevral-avgust oylarida 10 nafar yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalarning xonadonlari o‘zlariga moslashtirib berildi.
   Tumanda 4847 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar mavjud bo‘lib, 208 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga mehnat qilish uchun, 137 nafariga parasport uchun, 97 nafar nogironligi bo‘lgan bolalarga inklyuziv yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun tavsiyalar berilgan.


   Toyloq tumanida bugungi kunda 364 nafar fuqaroga reabilitatsiya qilishning texnik vositalari (nogironlik aravchasi, hassa, qo‘ltiqtayoq, yurish moslamasi va h.) protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlangan. 
    Shu yilning bugungi kuniga qadar jami 10 yoshdan 30 yoshgacha sportga tavsiya berilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning 34 nafari parasportga jalb qilindi. “Inson” markazi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar natijasida 13 nafar nogironligi bo‘lgan bolalarni maxsus maktablarga ta’limga jalb qilindi. 496 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar Respublika, viloyat va tuman miqyosida davlat va xususiy sektorda reabilitatsiya qilindi. Jumladan, 315 nafari tuman tibbiyot birlashmasining alohida ajratilgan reabilitatsiya bo‘limida davolandi. 
     Ijtimoiy to‘lovlar yo‘nalishida
   Toyloq tumanida hozirda 5118 nafar oilaga kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordamlar tayinlanib to‘lanib kelinmoqda.
   Joriy yil davomida 3177 nafar fuqarolarning nafaqa to‘lovlari “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali qayta o‘rganilganda oilaning daromadlari belgilangan mezonlardan oshganligi sababli rad etilgan.
Surunkali ravishda 4 marotabadan nafaqa olib kelayotgan 1029 nafardan oilalar bilan maxalla yettiligi hamda ijtimoiy xodimlar bilan xamkorlikda oilaviy sharoitlari o‘rganib chiqilib moddiy va mulkiy axvoli yaxshilanganligi sababli 781 nafari reyestrdan chiqarildi.
    O‘rganish davomida joriy yilda tuman hududidan chet elga chiqib ketgan 9038 nafar fuqarolar mavjudligi aniqlanib, shundan 7208 nafar voyaga yetmagan bolalarning qarovsiz qolish ehtimoli borligi haqida dastlabki ma’lumotlar aniqlangan. Shundan 8840 nafar fuqaro yoki 97,8 foizi xatlovlar davomida o‘rganilgan. O‘rganishlar davomida 215 nafar voyaga yetmagan bolalarning qarovsiz qolganligi anilangan, joriy davrga qadar ularning barchasiga vasiy yoki homiylar tayinlangan.

Teglar
- -