05-12-2025 19:33

Toyloq tumanida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “ZAKOVAT” intellektual o‘yini o‘tkazildi


Toyloq tumanida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “ZAKOVAT” intellektual o‘yini o‘tkazildi Bugun Toyloq tumani hokimi tashabbusi bilan tumandagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “ZAKOVAT” intellektual o‘yinining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘yin yakunlariga ko‘ra: 🥇 21-maktab jamoasi – 1-o‘rin; 🥈 Toyloq tumanidagi 1-son politexnikumi – 2-o‘rin; 🥉 57-umumta’lim maktabi – 3-o‘rin. Shuningdek, 7-, 8-, 10-, 34-, 26-, 17-maktablar hamda "EDUNOVA" xususiy maktabining bilimdonlari ham bellashuvda faol ishtirok etishdi. G‘olib va faol jamoalarga tuman hokimligi tomonidan diplomlar, esdalik sovg‘alari hamda pul yutuqlari uchun vaucherlar topshirildi. 📚 Mazkur intellektual o‘yin yoshlarning bilimini, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va ularni ilmga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qildi.

Teglar
- -