Toyloq tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davom etmoqda
Toyloq tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davom etmoqda
Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev navbatdagi tadbirkorlar qabulini o‘tkazdi. Uchrashuvda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan mahalliy tadbirkorlar ishtirok etib, o‘zlarining taklif va muammolarini bayon qilishdi.
Qabul jarayonida asosan yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, kredit va yer ajratish masalalari hamda infratuzilma bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Hokim B. Raxmatullayev har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, masalalarni joyida hal etish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berdi. Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Mazkur qabul tadbirkorlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda tuman iqtisodiyotida yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.