insurez
10-09-2025 16:00

Toyloq tumanida Sanoat rivojlanmoqda


Toyloq tumanida Sanoat rivojlanmoqda

Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sherbek Buronov hamrohligida tuman sanoat tarmog’ida faoliyat ko’rsatayotgan  oziq ovqat va nooziqovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda bo‘ldi.
    Jumladan, "Pet Agro Oil" qo‘shma korxonasi, “Uramas Kabel”, “Doniyev servis stil”, Aziya still Prom korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
    Bugungi kunda birgina "Pet Agro Oil" qo‘shma korxonasida 325 nafar ishchilar mehnat qilib, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida  910,7 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqargan. MDH va Yevropa Davlatlariga 11,9 mln.dollarni tashkil etmoqda.
Shuningdek, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari korxonalarning yangi bozorlarga chiqishida, yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishda amaliy ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.
 

Teglar
- -