insurez
10-07-2025 10:03

Toyloq tumanida qonunlarning ijrosi va davlat dasturlarining bajarilishida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining o‘rni va vazifalari


Toyloq tumanida qonunlarning ijrosi va davlat dasturlarining bajarilishida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining o‘rni va vazifalari

      O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, xalq deputatlari mahalliy kengashlari – joylardagi vakillik organi sifatida, Toyloq tumani hududida davlat siyosatini amalga oshirish, qonunlarning ijrosini ta'minlash, davlat dasturlarining samarali bajarilishini tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi.

      Toyloq tumanida mazkur vakillik organining faoliyati davlat boshqaruv tizimining ajralmas qismi sifatida keng qamrovli masalalarni qamrab olmoqda. Xususan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, infratuzilmani yaxshilash, aholini ijtimoiy himoya qilish, mahalliy budjetni shakllantirish va nazorat qilish hamda aholi muammolariga bevosita yechim topishda xalq deputatlari kengashining faolligi alohida e’tiborga loyiqdir.
      Qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlash va nazorat qilishda Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputatlari joylarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosini o‘rganish, tahlil qilish hamda ularning to‘liq va samarali bajarilishini monitoring qilish orqali qonun ustuvorligini ta’minlashda ishtirok etmoqdalar.
       Davlat dasturlarining bajarilishini muvofiqlashtirish va baholash “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yashil makon”, “Yangi O‘zbekiston – yangi maktab” kabi respublika miqyosidagi dasturlar ijrosi  tuman Kengashi deputatlari tomonidan doimiy nazoratga olingan. Deputatlarimiz joylarga chiqib, dasturlarning amalda qanday bajarilayotganini o‘rganib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli mas'ullarga aniq ko'rsatmalar berishmoqda. Aholi manfaatlarini  himoya qilish joylardagi muammoli masalalar yuzasidan deputatlar o‘z saylovchilari bilan tizimli muloqotlar o‘tkazishmoqda, ularning murojaat va takliflarini tahlil qilib, mas'ul tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yubormoqdalar. Bugungi kun holatida deputatlarimiz tomonidan aholi bilan o'tkazilgan uchrashuvlarda ko'tarilgan muammolar  yuzasidan 27 ta deputatlik so'rovlari yuborildi.  Shu asosda xalq bilan davlat o‘rtasidagi uzviy aloqani mustahkamlashga alohida etibor qaratilmoqda.
Mahalliy budjet va iqtisodiy siyosat ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash, tumanda moliyaviy resurslar, davlat buyurtmalari, mahalliy soliqlar va xarajatlarning maqbulligini nazorat qilishda kengash muhim rol o‘ynaydi. Deputatlar budjet mablag‘larining maqsadli va oqilona sarflanishiga alohida e’tibor qaratmoqdalar.
     Tashabbuskorlik va strategik qarorlar qabul qilish tuman Kengashi vakillari tomonidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investorlarni jalb qilish, aholi bandligini oshirish, ekologik muammolarni hal etish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha strategik takliflar ilgari surilmoqda.
       Toyloq tumanida tuman Kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat – davlat hokimiyati organlarining joylardagi islohoti va xalq bilan ochiq muloqotiga asoslangan boshqaruv tamoyillarining amaliy ifodasidir. Tuman Kengashining faolligi natijasida qonunlar ijrosining ta’minlanishi, davlat dasturlarining sifatli bajarilishi va aholining farovonligi yo‘lida muhim qadamlar qo‘yilmoqda. Kelgusida ham ushbu yo‘nalishda samarali ishlarni davom ettirish — zamonaviy boshqaruv va demokratik islohotlarning muhim kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

Bobir Xamrayev, 
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri.

 

Teglar
- -