Toyloq tumanida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Toyloq tumanida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev tegishli tashkilot vakillari bilan birgalikda tuman markazida obodonlashtirish va tartibga solish ishlari doirasida navbatdagi nazorat tadbirini o‘tkazdi.
Tadbir davomida tuman markazida noqonuniy o‘rnatilgan reklama bannerlari, tartibsiz ko‘cha savdolari hamda sanitariya qoidalariga zid holatlar o‘rganildi. Mutasaddilar bilan birga muammo yuzasidan joyida tegishli choralar ko‘rildi va fuqarolarga qonuniy tartibda faoliyat yuritish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
— Maqsadimiz — tumanning estetik qiyofasini yaxshilash, fuqarolarga qulay, ozoda va xavfsiz muhit yaratish, — dedi hokim Behzod Raxmatullayev. — Bu boradagi ishlarimiz davomli bo‘lib, har bir fuqaroni o‘z hududidagi tartib va tozalikni saqlashga da’vat etamiz.
Tuman markazining chiroyli va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishi nafaqat mahalliy aholining, balki hududga tashrif buyuruvchi mehmonlarning ham kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois bu boradagi sa’y-harakatlar muntazam olib boriladi.
Mazkur tadbir doirasida bir qator noqonuniy reklama vositalari olib tashlandi, ko‘cha savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga ogohlantirish berildi va tartibga chaqirildi.
Tuman hokimligi bu kabi obodonlashtirish tadbirlarini muntazam davom ettirilishini ma’lum qildi.
❗️Hurmatli tadbirkorlar, savdogarlar va faol fuqarolar!
Ushbu obodonlashtirish tadbirlarida faol ishtirok eting, yurtimiz obodligi yo‘lida befarq bo‘lmang, biz bilan hamkorlik qiling!




