05-12-2025 17:40

Toyloq tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi


Toyloq tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi Toyloq tuman hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda Probatsiya bo‘limi hamkorligida ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar, yoshlar, ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda probatsiya hisobidagi shaxslar uchun keng ko‘lamli “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Yarmarkada 250 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdi. Tadbirda tumandagi korxona va tashkilotlar tomonidan 409 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi. Maqbul nomzodlarni shu joyning o‘zida ishga qabul qilish uchun korxona rahbarlari va kadrlar bo‘limi mutaxassislari ham tayyor holda qatnashdi. Yarmarka yakuniga ko‘ra, 37 nafar ishtirokchiga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi, shundan 10 nafari ayollar, 12 nafari yoshlar. Shuningdek, 25 nafardan ortiq fuqaroga “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonun doirasida maslahat va tushuntirishlar berildi.

Teglar
- -