TOYLOQ TUMANI HOKIMI BEHZOD RAXMATULLAYEVNING BAYRAM TABRIGI
Assalomu alaykum, hurmatli quruvchilar, aziz bunyodkorlar!
Siz azizlarni – tumanimizning qurilish sohasini ravnaq toptirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan barcha zahmatkash kasb sohiblarini bugungi kasb bayramingiz – Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman!
Mana shu qutlugʻ ayyomda Sizlarga ko‘rsatayotgan fidoyiligingiz uchun Toyloq tumani hokimligi va jamoatchiligi nomidan ezgu tilaklar va chuqur minnatdorlik bildiraman.
Bugungi kunda tumanimiz qurilish sohasida ham yangi davr boshlandi desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Avvalo, hurmatli Prezidentimizning bevosita e’tiborlari natijasida, sohaning huquqiy va moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, ilg‘or texnologiya va yondashuvlar asosida faoliyat yuritadigan yangi-yangi qurilish tashkilotlari paydo bo‘lib, malakali yetuk kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Ayniqsa, 2017-yildan boshlab, jonajon yurtimizda avgust oyining ikkinchi yakshanbasi – Qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida belgilanishi Yangi O‘zbekistonimiz bosh me’mori va bunyodkori, hurmatli Prezidentimizning ushbu tizim xodimlariga nisbatan e’tiborlarining eng oliy namunasidir. Biz sizlarni Yangi O‘zbekiston ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi insonlar deb bilamiz.
Joriy yilning o‘tgan davri davomida tumanimizda Investitsiya dasturi boʻyicha
7 ta umumta’lim maktabiga 1540 o‘rinli qo‘shimcha bino, 2 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rekonstruksiya, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazidagi 3 ta binoni yangidan qurish, ta’mirlash ishlari tugatilib, xalqimizga foydalanishiga topshirish arafasidamiz.
Tumanimizdagi “Yangi O‘zbekiston” massivida rejalashtirilgan 43 ta ko‘p qavatli uy-joylarning 4 tasida qurilish-ta’mirlash ishlari tugatilib foydalanishga topshirildi, joriy yil yakuniga ko‘ra yana 7 ta ko‘p qavatli uy-joylar Sizdek fidoyi insonlarning mehnati bilan qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.
Aziz va muhtaram quruvchilar va qurilish sohasi xodimlari!
Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman!
Tumanimiz obodligi, xalqimiz farovonligi yoʻlida olib borayotgan xayrli ishlaringizda yangi zafarlar va muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!
Siz, azizlarni, tumanimiz qurilish sohasini taraqqiy ettirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha yurtdoshlarimizni bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman!
Ehtirom bilan,
Toyloq tumani hokimi B. Raxmatullayev