insurez
05-08-2024 18:38

Toyloq tuman hokimining o'rinbosari munosib kuzatild


   O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi raisining tegishli buyrug‘iga asosan Toyloq tumani hokimining o‘rinbosari, investisiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Sanaqulov Bahodir To’lqinovich  O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i  lavozimiga tayinlandi.
    Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Toyloq tumani hokimi Bahodir Bobonazarov B.Sanaqulovning samarali mehnatlarini e’tirof etib, kelajakdagi ishlariga muvoffaqiyat tiladi va esdalik sovg‘alarini topshirdi. 


    Tuman hokimligi jamoasi ham Bahodir Sanaqulovning jamoadagi o‘rni, qolaversa, faoliyatidagi o‘ziga xos taraflari haqida fikr bildirib, kelgusidagi ishlariga omad tilashdi.

Teglar
- -