Toyloq tuman hokimi qo‘shma korxonada amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi
Toyloq tuman hokimi qo‘shma korxonada amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi Toyloq tuman hokimi Behzod Raxmatullayev tumanda yangidan barpo etilayotgan “BRO BEANS” MCHJ qo‘shma korxonasida olib borilayotgan qurilish va tashkiliy jarayonlarni ko‘zdan kechirdi. Loyiha doirasida korxona tomonidan zamonaviy o‘quv markazi, restoran hamda logistika markazini barpo etish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Ushbu maskanlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida tumanda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, xizmat ko‘rsatish sifati oshishi va tadbirkorlik faoliyatining kengayishiga zamin yaratilishi kutilmoqda. Tuman hokimi qurilish jarayonlariga yuqori baho berib, sifat va muddatlarga qat’iy rioya qilish, shuningdek, ushbu loyihalarning hudud rivojlanishidagi ahamiyatini alohida ta’kidladi. 📌 Mazkur loyihalar Toyloq tumanining iqtisodiy rivojiga va aholining bandligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.



