insurez
15-10-2025 10:43

“Toyloq Saxovati” — meva va sabzavotchilik festivali– 2025”


“Toyloq Saxovati” — meva va sabzavotchilik festivali– 2025”

Ayni paytda Toyloq tumanida ilk bor “Toyloq Saxovati” — meva va sabzavotchilik festivali hamda ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan vakillar ishtirok etmoqda.

Ishtirokchi tumanlar ham o‘ziga ajratilgan pavilionda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi va yarmarkasi bilan faol qatnashib, tumanda yetishtirilayotgan serhosil meva sabzavotlar hamda boshqa turdagi mahsulotlarni keng jamoatchilikka taqdim etmoqda.

Mazkur sayil nafaqat hududimiz agrar salohiyatini namoyish etish, balki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkonini ham beradi.
 

Teglar
- -