insurez
21-10-2025 10:01

Toyloq оlimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida "Ona tili millat ko'zgusi" shiori ostida tadbir o'tkazildi


Toyloq оlimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida "Ona tili millat ko'zgusi" shiori ostida tadbir o'tkazildi

Tadbirda Toyloq оlimpiya markazi ma'naviy va ma'rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Abdulla Qobilov so'zga chiqib o'zbek tili tarixi va uning millat ko'zgusi ekanligi haqida gapirdi, shuningdek, g‘azalnavis shoir Abdulla Nisorov hamda shoira O‘gʻiloy Yo‘ldoshova ham til to‘g‘risida maʼlumotlar berib o‘tishdi. 

21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 36 yil bo‘lganligi munosabati bilan Toyloq olimpiya markazi ona tili va adabiyoti o'qituvchilari va o'quvchilari tomonidan ona tilimizni tarannum etuvchi sheʼrlar va sahna ko'rinishlari namoyish etildi.
Til bayrami bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiri ko'tarinki ruhda o'tdi.

Teglar
- -