Toyloq bozori zamonaviy Eko bozorga aylantiriladi
Toyloq bozori zamonaviy Eko bozorga aylantiriladi
Joylarda aholiga munosib savdo-sharoitlarini yaratish, bozor infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
Ana shunday ezgu maqsadlarni amalga oshirish doirasida, bugun Toyloq tumani hokimi B.Raxmatullayev hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari tomonidan Toyloq dehqon bozori faoliyati o'rganildi.
Bozorni ekologik talablarga javob beradigan, zamonaviy ko‘rinishdagi Eko bozorga aylantirish bo‘yicha yangi loyiha taqdimoti o‘tkazildi. Loyiha asosida bozorda xaridorlar va sotuvchilar uchun barcha qulayliklar yaratish, sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq javob beradigan muhit shakllantirish, shuningdek, milliy an’analar va zamonaviy arxitektura uyg‘unligini namoyon etuvchi bozor majmuasini barpo etish rejalashtirdi.
Mazkur bozorni modernizatsiya qilish nafaqat savdo madaniyatini oshirish, balki tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.