insurez
08-08-2024 15:21

Toloqda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi



   
    Bugun Toyloq tuman 2-son kasb-hunar maktabida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda IIB bo‘limi bilan hamkorlikda  “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.
        Unda tumandagi korxona va tashkilotlar shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari 235 ta  bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
Bundan tashqari, tadbirda ishsiz fuqarolarni shu joyning o‘zida ishga qabul qilish bo‘yicha mehnat shartnomalari va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishga tayyor holda korxonalar rahbarlari va kadrlar bo‘limi boshliqlari ham ishtirok etishdi.
      Tadbir davomida 11 nafar fuqarolarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. Shundan 3 nafari ayollar,  8 nafari yoshlarni tashkil etadi. O‘qish istagini bildirgan 5 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘naltirildi. 


Yarmarkada mehnat organlarining malakali mutaxassislari tomonidan  19 nafar fuqarolarga talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida keng qamrovli tushuntirish va maslahatlar berildi.

     Tadbirdan so‘ng yarmarka tashkilotchilari  hamda  qurilish sohasida ish izlab kelgan fuqarolar “Agromir bulding ” qurulish korxonasi rahbari bilan uchrashishdi. Korxona mas’ullari fuqarolarga bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etishdi.

Teglar
- -