Targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda 🇺🇿 Maishiy gaz balonlaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan chaqnash va yong‘in holatlarining oldini olishga qaratilgan muhim profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. 1-dekabrdan mamlakatimizda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" boshlandi. Shu munosabat bilan tumanda aholini hushyorlikka va ehtiyot choralarini ko‘rish maqsadida tuman "Toyloqtumangaz" bo‘limi hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari joylarda targ‘ibot ishlarini olib bormoqda. Jumladan, maishiy gaz balonlaridan, uy-maishiy uskunalardan to‘g‘ri foydalanish, bolalarni yolg‘iz qoldirmaslik, elektr uskunalarini muntazam tekshirib turish kabi muhim qoidalarga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga tushuntirish ishlarini o‘tkazmoqda. Hurmatli fuqarolar! Yong‘inlarning oldini olish uchun zarur qoidalarga amal qiling. Yaqinlaringiz hayoti va sog‘ligiga eʼtiborsiz bo‘lmang!



