insurez
11-02-2025 14:12

TARG‘IBOT TADBIRI BO‘LIB O‘TDI


 

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1-sonli Qarorining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida bugun Ukrach mahallasidagi 2-maktab faollar zalida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
    Tadbirda tuman masʼullari, mahalla faollari, ota-onalar ishtirok etdi.
    Mahallada yoshlar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda “mahalla yettiligi” har bir vakilining aniq mas’uliyatini belgilash, ushbu toifadagi huquqbuzarliklarni oldini olish, aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish, shuningdek, mahallada jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish, fuqarolar hayoti va mol-mulkiga har qanday tajovuzlarning oldini olish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma va takliflar berildi.

Teglar
- -