Tadbirkorlikni boshlash niyatida bo'lgan fuqarolar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Ochiq muloqot o‘tkazildi Toyloq tuman hokimi o‘rinbosari Adham Sharipov tadbirkorlar hamda tadbirkorlikni boshlash niyatida bo'lgan fuqarolarni qabul qildi. Qabul jarayonida tadbirkorlarning o‘z faoliyatlari davomida uchrayotgan muammolar, taklif va tashabbuslari tingdandi. Ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar orasida infratuzilma bilan bog‘liq murojaatlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kredit ajratish, yer maydonlari, shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha takliflar ham o‘rin oldi.



