#Sessiyadan
#Sessiyadan
Toyloq tumani saylov komissiyasining 2025-yil 20-oktabrdagi 27-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil 19-oktabr kuni 14-Jalolobod saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rni uchun saylov bo‘lib o‘tdi.
Saylov jarayoni amaldagi qonunchilik talablariga to‘liq rioya qilingan holda, ochiq va shaffof tarzda o‘tkazildi.
Saylov natijalariga ko‘ra, Raxmatullayev Behzod Raxmatullayevich 2187 nafar saylovchining ovozini olib, 14-Jalolobod saylov okrugi deputati etib saylandi.
Toyloq tumani saylov komissiyasi Raxmatullayev Behzod Raxmatullayevichni saylovda g‘alaba qozongani bilan tabrikladi hamda yangi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.




