insurez
16-08-2024 17:03

Sektorlar rahbarlari yoshlar bilan uchrashishdi


   Yurtimizda yoshlar bilan ishlash, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash, muammolarini hal etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ular o‘rtasida turli uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Toyloq tumanidagi Taraqqiyot mahallasida o‘tkazildi. 
   Unda Toyloq tumani hokimi Bahodir Bobonazarov, tuman prokurori Abdurahmon Abdullaev tuman hokimining o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev hamda mahallaning uyushmagan yoshlari ishtirok etishdi.


   Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, tashvishga solayotgan muammolari yuzasidan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishdi. Xususan, yoshlardan bola nafaqasi tayinlash, moddiy va tibbiy yordam, kontrakt pulini to‘lash, maktab formasi olish, subsidiya asosida uy-joy olish kabi murojaatlar kelib tushdi.

Teglar
- -