insurez
27-10-2025 15:50

Sayyor qabul


Sayyor qabul

    Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
    Bugun Toyloq tumanidagi Istiqlol mahallasi aholisi uchun tashkil etilgan sayyor qabul ham xalq manfaatlari uchun xizmat qildi.  Unda tuman hokimi B.Raxmatullayev, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi. 
    Qabulda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolardan tashqari ko‘pchilik manfaatiga xizmat qiladigan masalalarni yuzasidan murojaat qilishdi. Barcha masalalar tegishli tartibda ro‘yxatga olindi va  ijrosini ta’minlash uchun mas’ullarga biriktirildi.

Teglar
- -